O‘lchashlar va yuqori aniqliklar.
Hujjatlar ekspertizasining natijalari asosida Belgiyada ishlab chiqarilgan 11 ballondagi uchta turdagi gaz aralashmasi tarkibining standart namunalari O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga O′z DSN 04.2344:2016 ÷ O′z DSN 04.2353:2016. raqamlar ostida kiritildi. Gaz aralashmalari tarkibining standart namunalari ekspertizasining natijalari bo‘yicha davlat standart namunasi sifatida tan olindi va «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ korxonalarida gazlarning komponent tarkibini o‘lchashlar natijalarini to‘g‘riligini tekshirish va o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va darajalash uchun qo‘llashga ruxsat etildi.