Yagona portalda “Oʻzstandart” Agentligining oʻlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatlash va uni Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron ariza taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.
Xizmatning natijasi boʻlib murojaat etuvchiga oʻlchashlarni bajarish uslubiyati sertifikatini berish hisoblanadi.
Ushbu xizmat toʻlov asosida yuridik shaxslarga koʻrsatiladi.