Chet davlatlaridan kirib kelinayotgan o‘lchash vositalarini Davlat tekshiruvidan o‘tkazish majburiymi?
O‘zbekiston respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuning 16-moddasiga muvofiq, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Metrologik tekshiruv va nazorat doirasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga realizatsiya qilish, ijaraga berish, import qilish, foydalanish va ishlab chiqarish maqsadida olib kelish va ishlab chiqarishda, ushbu o‘lchov vositalari, ularning turlarini tasdiqlash maqsadida majburiy attestatsiyadan yoki sinovdan o‘tkazilishi kerak.
O‘lchov vositalarini sinash – identifikatsiyalangan o‘lchov vositasi turining bir yoki bir nechta namunasida o‘tkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik ularning turini tasdiqlash bilan baholash to‘g‘risida hisobot berish tartiboti.
O‘V turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazishning 2 turi mavjud:
1. To‘pga sertifikat olish maqsadida sinash (sertifikat muddati – 1 yil)
2. Seriyaviy ishlab chiqarish uchun sertifikat olish maqsadida sinash (sertifikat muddati – 5 yil)
O‘lchov vositalarini sinovdan o‘tkazishning afzalliklari:
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘lchov vositalari ko‘p miqdorda olib kirilgan yoki ishlab chiqarilgan holda o‘lchov vositasi turini tasdiqlash maqsadida sinash ishlari o‘tkaziladi. O‘lchov vositasini sinash natijalari ijobiy bo‘lgan holda, barcha olib kelinayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan miqdorga turini tasdiqlash sertifikati beriladi. Ushbu tartibot vaqt va mablag‘larning tejalishiga imkon beradi. O‘V ishlashi to‘g‘ri natijalarining ishonchliligini, shuningdek korxona ishining bir maromda davom ettirilishini ta’minlaydi;
- turi tasdiqlanganda o‘lchov vositasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestriga kiritilib, ushbu o‘lchov vositasi turini tasdiqlash sertifikatida belgilangan muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun doiralarida belgilangan tartibda erkin foydalanish buning dalolati hisoblanadi.