Janubiy Koreyaning Seul shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya muvofiqlikni baholash laboratoriyasi (KCL) prezidenti Sangkwon LEE bilan uchrashdi.

Uchrashuvda KCL kompaniyasi hamkorligida maishiy konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash boʻyicha Piskent tumanida tashkil etilayotgan yangi laboratoriyada olib borilayotgan ishlar boʻyicha fikr amashildi va loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, KCL kompaniyasining quyosh panellari sinov laboratoriyasini faoliyati bilan tanishildi. Energiya barqarorligini taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish borasida dadil qadamlar tashlanganligi va salmoqli natijalarga erishilganligi qayd etildi.

Yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi qariyb 10 foizni tashkil etayotgani misolida ham koʻrish mumkinligi, shu bois 2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 GVtga yetkazib, elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushini 40 foizga olib chiqish vazifasi belgilagan.

Bunday ulkan marralarni zabt etish uchun, eng avvalo, sohaning huquqiy asosini takomillashtirish va quyosh panellari sinov laboratoriyasini barpo etish talab etilishi qayd etildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, grant asosida quyosh panellari sinov laboratoriyasini barpo etish taklifi berildi.