Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlari instituti (TSE)ning Tashqi aloqalar boshqarmasi boshligʻi Kurshat Yilmaz bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya texnik tartibga solish sohasida hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha hamkorlik koʻlamini kengaytirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik toʻsiqlar, eksport-import mahsulotlariga qoʻyilgan talablarga eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, xalqaro auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirishda yetakchi turk ekspertlarini jalb qilish hamda sinov ishlarini tan olinishi borasida dastlabki qilinadigan ishlar va vazifalar belgilab olindi.