“O‘zstandart” agentligi tizimida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bo‘lim ochildi
“O‘zstandart” agentligining “Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tarkibidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan rasmiylashtirilib berilayotgan muvofiqlik sertifikatlari bo‘yicha mahsulotlar sifatini nazorat qilib borish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida, uning tarkibida yangi inspeksiya organi ochildi va o‘rnatilgan tartibda O‘z DSt ISO/IEC 17020:2009 davlat standartiga muvofiq, akkreditatsiya qilindi.