Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 65-yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Премии Содружества Независимых Государств за достижения в области качества продукции и услуг) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.

Tanlov shartiga muvofiq MDHga a’zo davlatlarga kamida 2 yil davomida mahsulotlarini eksport qilgan va yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarilishini ta’minlagan sanoat, iste’mol tovarlari, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi  korxonalar ishtirok etishi belgilangan.

Tanlov g‘oliblari diplom bilan taqdirlanadi va sovrin logotipidan 3 yil davomida mahsulotlarini yorliqlashda reklama maqsadlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Tanlov  tartibi, shartlari va imtiyozlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni  MGSning quyidagi  rasmiy sayti http://easc.by/konkurs-na-soiskanie-premii-sng orqali to‘liq tanishishingiz va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi (Tel: +998 71 202-00-11, ichki 1027)  yoki  (+99899 815-87-92) dan qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok eting va “MDH mukofoti” sohibiga aylaning!