Aholiga sifatli mahsulot yetkazib berishda laboratoriyalarning texnik jihozlari va uslubiy ta’minoti muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov Turk standartlari instituti taklifiga muvofiq Anqara sanoat zonasida barpo etilayotgan sifat sinov laboratoriyalar kampusi bilan tanishdi.
Mazkur barpo etilayotgan sifat sinov laboratoriyalar kampusida halqaro tashkilotlar (ISO, IEC, UNECE, EN)) standartlari, talablari va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat, elektrotexnika, energetika, qurilish materiallari, kimyo va metal sanoatidagi mahsulotlar sinovi amalga oshiriladi.
Turk standartlari instituti vakilari bilan kampusda xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, o‘quv markazi, ishlanmalar va loyihalar bo‘yicha xam fikr almashildi.
Tashrif so‘ngida joriy yilning may oyida Turk standartlari instituti bilan imzolangan Qo‘shma hamkorlik dasturi doirasida ikki va ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi.
Halqaro xamkorlik va integratsiya boshqarmasi