Bu yil 20-may – “Butunjahon metrologiya kuni” “Xalqaro oʼlchamlar va tarozilar Byurosi” tomonidan eʼlon qilingan “Ertangi barqarorlik uchun bugun oʼlchaymiz” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
Аyni damda, mazkur sana munosabati bilan Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xuzuridagi Oʼzbekiston milliy metrologiya institutida “Butunjahon metrologiya kuni” hamda Oʼzbekiston metrologiya faoliyatining 100 yillik shodiyonasi qoʼshaloq bayram tadbiri boʼlib oʼtmoqda.
Yurtimizda metrologiya sohasi azaldan foydalanilgan. Faqat bundan Qadim Buyuk ipak yoʼlida joylashgan yurtimizda metrologiya yaʼni oʼlchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avvalgina uning qonuniy talablari hujjatlashtirilgan va yoʼlga qoʼyilgan.
Bugun Oʼzbekiston milliy metrologiya institutida faoliyat yuritayotgan jami 600 nafarga yaqin xodimlar bir oila boʼlib ishlab yurtimiz metrologiyasini rivojlanishini yangi bosqichga koʼtarib ulgurishdi.
“Xalqaro oʼlchamlar va tarozilar Byurosi” bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib borayotgan “Oʼzbekiston milliy metrologiya instituti” jamoasi Respublikamizning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha hamkasblarini 20 may - “Butunjahon metrologiya kuni” bilan chin dildan samimiy muborakbod etadi.