O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS) Bosh kotibi Chernyak Vladimir Nikolaevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya, meʼyor va qoidalarga rioya yetilishi ustidan davlat nazorati, sifat sohasidagi yutuqlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mukofoti tanlovi, texnik qo‘mitalar faoliyatini jadallashtirish, milliy texnik komissiyalar tomonidan amalga oshirilayogan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, soha yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash va sifat infratuzilmasining funksionalligi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi.