Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov joriy yilning 18-may kuni Samarqand viloyatida boʼlib oʼtgan “Oʼzbekiston – Malayziya” biznes-forumi doirasida hududiy filiallar faoliyati va ularning oliy taʼlim muassasalari bilan yoʼlga qoʼyilgan hamkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida eksport-import mahsulotlar sinovi uchun barpo etilayotgan yangi sinov laboratoriyalar ishlarini koʼzdan kechirdi.
Аgentlik rahbari yangi sinov laboratoriyalarni loyiha boʼyicha olib borilayotgan ishlarini mutaxassislar ishtirokida muhokama qildi. Jarayonni tezlatish barobarida sifatga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mutaxassislar malakasini oshirish, ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga samarali xizmat koʼrsatish orqali filiallar faoliyatini yanada rivojlantirish, oliy taʼlim talabalari orasidan zamonaviy fikrlaydigan, maʼnan yetuk, vatanparvar, sinov laboratoriya ishlarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega boʼlgan kadrlarni sonini koʼpaytirish lozimligini taʼkidladi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Halqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi