Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumdoirasida O‘zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Buyuk Britaniyaning Intertek Group plc halqaro muvofiqlikni baholash idorasining regional tijorat direktori Irina Baerenvald boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma'lumot uchun: “Intertek Group plc” - neft' va gaz, energetika, avtomobil' sanoati, qurulish, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, xavfsizligini ta'minlash va standartlashtirish sohasida jahon lideri bo‘lib kelmoqda. Kompaniyaning 100 dan ortiq mamlakatlarda ofislari, laboratoriyalari va sertifikasiya markazlari mavjud
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda Intertek Group plc bilan SE markirovka, mahsulotlarning xalqaro va yevropa talablari (EN, ISO, ASME, ASTM, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali  kadr tayyorlash, vakolatxona va sinov laboratoriyalarini ochishsohasida tajriba almashishda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi.


Intertek Group plc O‘zbekistondada muvofiqlikni baholash sohasidaakkreditasiyadan o‘tishga tayyorligi, neft'-gaz, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik tarmoqlarida amalga oshirilayotgan innovasion loyihalar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishini ma'lum qildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi va Intertek Group plc o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida istiqbollianglashuv memorandumi imzolandi, ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.


 

 

Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Halqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi