Samarqandda Sayyor qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilda jismoniy va yuridik shaxslarning murjjaatlarini chuqur o‘rganish va ular tomonidan kelib tushayotgan shikoyat va takliflarga o‘z vaqtida javob berish maqsadida Sayyor qabul rejasi ishlab chiqilib, Bosh direktor tomonidan tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, xalq bilan muloqot, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash ustivor vazifa etib belgilandi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi tadbir Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tashkil etildi.
Uchrashuv Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unga 150 nafar jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi. Shuningdek tadbirda Samarqand shahridagi Gaz, elektr energiyasi va soliq idoralarining vakillari qatnashdi.
Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A. Rasulov so‘zga chiqib, Joriy yilning Prezidentimiz tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya e’lon qilingani va mazkur vazifadan kelib chiqqan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar xususida axborot berildi.
Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari, va tadbirkorlar tomonidan Standartlashtiri, metrologiya va o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan bog‘liq me’yoriy hujatlarning mazmun va mohiyati yuzasidan yetarli darajada javob oldilar.
E’tiborli tomoni shundaki, Sayyor qabul uchrashuvida Samarqand shahridagi bir qator mahallalarning raislari va faollari “O‘zstandart” agentligining hududiy boshqarma va markazlari bilan hamkorlikda har bir mahalla hududlarida keng aholi qatlamlari ishtirokida Standarlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotlarning eksport qilish masalalariga oid o‘quv seminarlarini tizimli tashkil etish taklifi bilan chiqdilar.
Unga javoban, Samarqand Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi rahbarlari bunday hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Yig‘ilish yakunida o‘quv seminarlarini tashkil etish yuzasidan tegishli tavfsiyalar ishlab chiqildi.