Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi

Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta`minlash, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016 yil davomida 31766 ta yangi kichik tadbirkorlik sub`ektlarini (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarining soni 218170 tani tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 11066 taga ko`paydi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarining dastlabki yakunlari bo`yicha ularning ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 56,9 foizni (2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 56,5 foiz), sanoatda - 45,0 foizni (40,6 foiz), xizmatlar sohasida - 60,5 foizni (57,8 foiz), eksportda - 28,5 foizni (27,0 foiz) va bandlikda - 78,1 foizni (77,9 foiz) tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan iqtisodiyotga 19963,2 mlrd.so`mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo`yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 20677,7 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o`sdi.

Manba: gov.uz