Navoiy shahrida joylashgan yirik korxonalardan biri bo‘lgan “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida portlandsement va qurilish ohaklari, yerto‘la devorlari uchun beton bloklar ishlab chiqariladi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” markazi Navoiy filiali mutaxassilari tomonidan “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini qayta baholash ishlari olib borildi. Bunda filial va korxonaning o‘zida mavjud akkreditlangan sinov laboratoriyasidan foydalanildi. Bajarilgan ishlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib korxonaga taqdim etildi.