O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” XK mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashishishib korxonada olib boriayotgan ishlar, sohaga doir muammolar bilan qiziqishdi.
Mazkur xorijiy korxonaning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab, eksport qilishdan iborat. Suhbat jarayonida mutaxassislar korxona vakillariga VMQ-826-sonli qaroridagi xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish, VMQ-175-sonli qaroridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishdagi imtiyozlar to‘g’risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korxona masʼullariga mahsulotlarni sertifikatlashtirish va eksportga yoʻnaltirish hamda GSP+ preferensiyalar tizimi afzalliklari xususida zarur maʼlumotlar taqdim etildi.
Korxona vakillari bilan kelgusida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.