O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Navoiy filiali xodimlari Qiziltepa tumanida joylashgan qo‘llarni himoya qilish va qurilish ishlari uchun muljallangan qo‘lqoplar ishlab chiqaruvchi “SVS Navoiy” MCHJ da bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Korxonaning bir yillik quvvati 29 200 000 donadan ortiq juft qo‘lqopni tashkil etadi. Enilikda ushbu mahsulotlar asosan Rossiyaga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.
Hozirda ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan Xitoydan olib kelingan uskunalarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish islari olib borilmoqda. Mahsulotlarni standart talablariga muvofiq ishlab chiqarish, qadoqlash, yorliqlash, oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq boshqa masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi.