O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Urgut tumanida joylashgan kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Atush Minhat Textile” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Korxonada bo‘lgan mutaxassislar bu yerda kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Shuningdek, korxona vakillarini qiziqtirgan sohaga doir qonunchilik bo‘yicha keng tushunchalar berildi.