“Janub sanoat montaj” AJ Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan. Bu yerda temir beton mahsulotlari bo‘lgan beton va temir beton bort toshlari, yer to‘la uchun beton bloklar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTEST” markazi Navoiy filiali mutaxassislari ushbu korxonada bo‘lib sohaga doir muammolarni o‘rganishdi. Mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlar yakunida ushbu korxonaga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, sohaga doir qonunchilik targ‘ib qilindi.