O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTYeST” markazi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan Karmana tumanida joylashgan Navoiy iqtisodiy hududida alyumin va PVX profillardan tayyorlangan deraza va eshik bloklari uchun rezina zichlagichlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Akfa extrusions” korxonasi vakillari bilan sohaga oid muammolar o‘rganildi.
Korxonada tayyorlanayotgan mahsulotni me’yoriy hujjattalar bo‘yicha qadoqlash, yorliqlash, saqlash, tashish yuzasidan muzokaralar jarayonida filiali mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Bu yerda hozirda mahsulotni sertifikatlashtirish jarayoniga tayyorlanmoqda. Korxonaga muvofiqlik sertifikatini olish uchun amaliy ko‘mak va kerakli maslahatlar berildi.
Hozirgi kunda “Akfa extrusions” korxonada ishlab chiqarilgan alyumin va PVX profillardan tayyorlangan deraza va eshik bloklari uchun rezina zichlagichlari Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga export qilib kelmoqda.