BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida Orolboʻyi mintaqasini ekologik va gumanitar inqiroz yuz berayotgan hududdan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish belgilangan.
Rezolyutsiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” korxonasi Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan ekologik menejment tizimini joriy etish boʻyicha oʻquv seminari va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Orient technology” qoʻshma korxonasiga ISO 14001:2015 “Ekologik menejment sistemasi” joriy etildi. Korxona tomonidan qayta ishlangan tayyor charm mahsuloti Italiya, Rossiya va Xitoy davlatlariga eksport qilib kelinmoqda.
Ushbu korxonaga filial tomonidan sohaga oid masalalarda amaliy yordam va konsultativ xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda.