Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 – yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasida asosan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini modernizatsiya qilish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzilgan.
Kuni kecha ishchi guruh Jizzax viloyati Paxtakor tumanida faoliyat olib borayotgan “Semurgʻ paxta va gʻalla klasteri” MCHJda oʻrganishlar olib borishdi. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” korxonasi Jizzax filiali mutaxassisi Jamshid Xudoyberdiyev mazkur ishchi guruh faoliyatida sohaga doir savol masalalar boʻyicha masʼul etib belgilandi.