Yangi O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Albatta elektrotexnika mahsulotlarini Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, maxsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda xizmat qiladi. 2023 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston IECda assotsiatsiyalashgan a’zo maqomini oldi.
Uchrashuvda IEC talablariga muvofiq standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, IEC texnik qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatish va a’zo davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
IEC Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziktirgan barcha savollarga
IEC ekspertlari tomonidan batafsil javob olishdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra IEC standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, texnik qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatish, onlayn seminarlar o‘tkazish bo‘yicha IEC ekspertlaridan doimiy maslaxat olishga kelishib olindi.