Ayni damda Qarshi shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Matbuot xizmati, tizim tashkilotlari hududiy filial mas’ullari ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, metrologiya sohalarida imzolangan yangi qonunlarning mazmun mohiyati haqida tushunchalar berilmoqda. Shuningdek, mahsulotlarni eksportga qaratishda talab etiladigan me’yoriy hujjatlar, ekportyor korxonalarga davlat tomonidan sohaga doir berilgan keng imtiyozlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Seminar ishida ishtirok etayotgan ishlab chiqaruvchilarning ko‘plab savollariga javob beriladi.