O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 826-sonli qarori ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” davlat muassasasi Jizzax filiali mutaxassislari bugun Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Akmal nur servis” MChJ korxonasida bo‘lib ISO-9001 xalqaro sertifikatini olish uchun tushunchalar berishdi. Korxonada hozirgi kunda trikotaj mahsulotlarini ichki bozorga sotmoqda. Kelgusi yillarda Rossiya va MDH davlatlariga eksport qilishni rejalashtirmoqda.