Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan “Betlis Textile” qo‘shma korxonasida tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Kuni kecha mazkur yangi korxona masʼullari bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” davlat muassasasi Jizzax filiali mutaxassislari oʻrtasida muzokara oʻtkazilib, mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish, standart talablariga toʻliq javob beradigan xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuvda GSP+ imtiyozlar tizimidan unumli foydalangan holda mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportga yoʻnaltirish masalalari ham muhokama qilindi. Korxona rahbariyati bilan kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.