Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (OʻzTTSA) va Ozarbayjon standartlar instituti (AZSTAND) oʻrtasida onlayn-muloqot tashkil etildi.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash boʻyicha uzoq muddatli hamkorlik mexanizmni yaratish va yaqin hamkorlikni amalga oshirish, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) va Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) doirasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv natijasiga koʻra, xalkaro huquq normalariga asoslanib soha yoʻnalishida hamkorlik toʻgʻrisida yangi anglashuv memorandum loyihasi ishlab chiqishga kelishib olindi.