"O'zstandart" agentligi tomonidan "Elektron Hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali Standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish uchun ariza taqdim etish iteraktiv xizmat turi joriy etildi.
Yangi xizmat standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun ariza taqdim etish, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va normativ hujjatlarni standartlashtirish boʻyicha davlat fondiga kiritish imkoniyatini beradi.
Ushbu xizmat faqat yuridik shaxslarga koʻrsatiladi.