Buxoro shahrida “Qurilish materiallari, toʻqimachilik, neft va gaz sanoati, qishloq va suv xoʻjaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik” tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Davlat nazorati Departamenti Buxoro boʻlimi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “UzTest” DMlari Buxoro filiallari xodimlari ham ishtirok etishib, yangi turdagi ishlab chiqarilgan maxsulotlar bilan tanishdilar.
Koʻrgazmada tadbirkorlar ishtirokida seksiyalar tarzida oʻtkazilgan amaliy suhbatlar davomida sohaga oid soʻnggi maʼlumotlar mutaxassislar tomonidan taqdim qilindi.
Maxsulotlarini sertifikatlashtirmoqchi boʻlgan tadbirkorlar uchun yaratilgan yengillik hamda imtiyozlar toʻgʻrisida keng tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, xalqaro ISO sertifikatlariyb olmoqchi boʻlgan korxonalar uchun davlatimiz tomonidan belgilangan imtiyozlar haqida ham alohida tushuntirildi.