Soʻngi yillarda Turkiya davlatining Turk standartlari instituti (TSE) bilan standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengaytirildi, ikki tomonlama munosabatlar yangi darajaga olib chiqildi.

Albatta bu hamkorlik  milliy sifat infratuzilmasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, takomillashtirishga imkoniyat yaratmoqda.

Kuni kecha Turk standartlari instituti rahbari Shaxin Mahmut Sami bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlar, ikki mamlakat oʻrtasida soha yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, shuningdek, moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining  laboratoriyalari faoliyati va Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan laboratoriyalar texnik bazasi  bilan yaqindan tanishtirildi.

Institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, Ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Turk ekspertlari tomonidan eʼtirof etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha umumiy yondashuvlar kelishib olindi va muhokama qilingan yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish doirasida navbatdagi qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishildi.

 

Jahon iqtisodiy tizimiga sohani

integratsiyalashuvini rivojlantirish boʻlimi