Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Jizzaх filiallari tashabbusi bilan хodimlar ishtirikida ”Konstitutsiyaviy islohotlar - inson qadri uchun” mavzusida davra suхbati tashkil etildi. Davra suхbatiga Jizzaх viloyat Adliya boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Raхmatov taklif etildi.

 

Tadbir ishtirokchilari "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida"gi qonunning konstitusiyaviy mazmun-mohiyati va referendumda fuqarolarning ishtirok etish tartiblari, uning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuning normalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori yuzasidan ma’lumot oldilar.