Nukus tumanida joylashgan “BIOGUMUS” fermer xo‘jaligi tomonidan “Quyoshda qo‘ritilgan ekologik toza pomidorni qayta ishlashni kengaytirish va modernizatsiya qilish” startap loyihasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida 20 ta doimiy va 70 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.
Korxona ISO 22000 va “ORGANIC” xalqaro standartlariga sertifikatlashtirilgan.
O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Qoraqalpog‘iston filiali xodimlari mazkur korxonada bo‘lib, korxona rahbariyati bilan mahsulotlarni Xitoy, Frantsiya, Isroil va Yaponiya davlatlariga eksportga yo‘naltirish hamda sohamizga oid masalalarda kelgusida birga ishlash bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar.