Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida ham mamlakatimizda gender siyosati qatʼiy davom ettirilishini alohida taʼkidlagan.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2022-2025-yillarga qaratilgan Gender Xarakat Dasturi (ISO Gender Action Plan 2022-2025)
va bir necha halqaro standartlar qabul qilingan.
Mamlakatmizda amalga oshirilayotgan islohotlar va gender tenglikni joriy qilishdagi ijobiy jarayonlar inobatga olinib, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang ravishda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 2023-yilgi Gender tenglik boʻyicha halqaro tadbirni Oʻzbekistonda oʻtkazish taklifini bildirdi.
Qayd etish joizki, ushbu halqaro tadbirni mamlakatda oʻtkazilishi nafaqat u yerda Gender tenglikni taʼminlash va barqaror rivojlanishiga turtki beradi, qolaversa, mamlakatning dunyo hamjamiyati koʻz oʻngidagi obroʻ-eʼtiborini ham oshiradi.
Tadbir joriy yilning 7-9-iyun kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi