O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Jahon bankining “Savdo tartiblarini soddalashtirish” dasturi doirasida ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Jahon banki expertlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar “E-standart”, “Sertifikatlashtirish” axborot tizimi, “E-metrologiya” axborot tizimi, “E-akkreditatsiya” axborot tizimi, qo‘shimcha axborot tizimlari va resurslari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilindi.
Yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va me’yoriy talablarga mosligi Jahon banki ekspertlari tomonidan e’tirof etildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarda ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.
O’zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi