Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati” bo‘lib o‘tdi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning tarqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.
Ma’lumot uchun, Farmon loyihasi inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillari taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat.