Alisher Navoiy oʻzining boy maʼnaviy merosi, oʻlmas asarlari, nodir devonlari, betakror gʻazal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan.
Alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror soʻz sanʼati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan bebaho ijod namunalari asrlar osha oʻz mazmun va mohiyatini yoʻqotmay, ulkan maʼnaviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.
Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali xodimlari tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi Alisher Navoiy xiyobonida Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlab manaviy-marifiy tadbir tashkil etilib, ulugʻ ijodkorning maʼnaviy merosini oʻrganish va uni yoshlar tarbiyasida oʻrni haqida suhbatlar tashkil etildi.