Mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Buyuk Britaniyaning “Sustainable Leather Foundation” tashkiloti o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “Sustainable Leather Foundation” tashkiloti ijrochi direktori Debora Teylor charm-poyabzal sohasi xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarishda katta o‘ringa ega ekanligi va so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi texnologik yangilanishlar va mahalliylashtirish natijasida mazkur tarmoq sezilarli rivojlanganligini qayd etdi. 

 

 Uchrashuvda charm-poyabzal mahsulotlari sohasida standartlashtirish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish, Buyuk Britaniya va Yevropa bozorlarida charm-poyabzal mahsulotlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha soha mutaxassislari va mahalliy charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun treyning seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.