Muloqot natijasiga koʻra, kelgusi xafta Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) tashkilotining IECEE-IECRE muvofiqlikni baholash tizimi boʻyicha ijrochi kotibi Volfram Zeyts va Aristeya Kiriakati bilan uchrashuv oʻtkazishga kelishildi.
Tadbirda IECEE muvofiqlikni baholash tizimining savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish uchun sinov laboratoriya va sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiyadan oʻtkazishdagi talablar muhokama qilinadi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda IECEE muvofiqlikni baholash tizimiga 52 ta mamlakat aʼzo, 550 ta akkreditlangan sinov laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi, sinov natijalari oʻzaro tan olinadi.