Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari hamda Latviya ekspertlari oʻrtasida soha yoʻnalishidagi muhim mavzular yuzasidan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda 2022-yilda ikki tomonlama hamkorlik asosida standartlashtirish va metrologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar, kun tartibidagi masalalar, oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi
Tadbir yakuniga koʻra 2023-yilda davlat nazorati, standartlashtirish va metrologiya sohalarida yangi grant loyihalarni faollashtirishga kelishildi.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi