Ayni vaqtda O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O’zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan “2022 yil sarhisobi va 2023 yilga rejalar. Yangi akkreditatsiya yo‘nalishlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda Markaz mas’ullar tomonidan akkreditatsiya sohasidagi yangiliklar borasida ma’lumot berilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Markaz tomonidan 2022 yil davomida jami 215 ta organ akkreditatsiyadan o‘tkazildi, jumladan:135 ta sinov va kalibrlash laboratoriyasi, 36 ta mahsulotlarni va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi,4 ta inspektsiya organlari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Shuningdek, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida va Senatida himoyasi ta’minlandi.
Mazkur tadbirda jurnalistlar sohaga oid savollariga atroflicha javob olishmoqda.