Andijon viloyatida joylashgan "GRAND TEHNOLOG” MChJda polietilgen, polivinilxlorid qoplamali, alyumin va mis elektr simlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonada ISO 9001 xalqaro standartiga muvofiq menejment tizimlari joriy etilgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni SE markirovkasi bilan tamg‘alash uchun tegishli sertifikat olishga erishilgan.
Ushbu korxonada O‘zbekiston standartlar instituti va “Uz Test” markazi Andijon filiali xodimlari ishtirokida kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishda ISO/IEC xalqaro standartlarini joriy qilish, mahsulot sifatini ta’minlashda sinov laboratoriyasining ahamiyati, uni akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga eksport qilishda GSP+ dasturi bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida mas’ullarga ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati