Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat tashkilotlari xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari raislari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi rais oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, qoʻmita masʼullari, raislari va TTSA xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi ishtirok etdi.
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJning xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi oʻziga xos tajribalarini ommalashtirish hamda vazirlik va idoralar oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida vazirlik va idoralarning xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari raislari ishtirokida “Kimyo sanoatida xotin-qizlarning roli” mavzusida taqdimot qildi.
Seminarda davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning oilaviy va turmush sharoitini oʻrganish, ularni har tomonlama qoʻllab-qvvatlash borasida tashkilot tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor, xodimlar tarkibi va rahbar lavozimlarida xotin-qizlar ulushini koʻpaytirish, yakka yolgʻiz xodimalar bilan manzilli ishlash, nogiron farzandi bor ayollarga eʼtibor qaratish yuzasidan har bir tashkilot indikatorlari ishlab chiqilishi vazifasi topshirildi.