Agentlikda sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa yordamida davlat tili haqidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosida ish yuritishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvda davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, hujjatlar aylanishi davlat tilida boʻlishini taʼminlash va bu jarayonda davlat tiliga qatʼiy amal qilishni nazorat qilish belgilanganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va “Mahsulotlarni sertifikatlash” qoidalariga asosan berilayotgan muvofiqlik sertifikatlarini davlat tilida rasmiylashtirishni taʼminlash, shuningdek, sertifikatlashtirish idoralari bilan hamkorlikda ishlash, 2023-yilning 1-yanvaridan ish yuritish va barcha muvofiqlik sertifikatlari lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlanishi haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek tadbirda “Davlat tilida ish yuritish” kitobidan foydalanish tavsiya etildi.