Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Jamiyat rahbariyati Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi oziq-ovqat laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, ularga markazning sinov laboratoriyalarini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan investitsion loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Muhokamalarda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlarni oʻtkazish hamda mahsulotlardan namuna tanlash ishlarini tashkil etish boʻyicha fikr almashildi.
Jamiyat rahbariyati bilan mahsulotlarni sinash boʻyicha xodimlar malakasini oshirish va sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash boʻyicha hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.