Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boʻlinmalari va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro shahar boʻlinmasi, Adliya boshqarmasi Intellektual mulk boʻlimi masʼullari ishtirokida «Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan «Bayrogʻimiz-faxru gʻururimiz» shiori ostida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollar ekani, Oʻzbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlashini taʼkidladilar.
Shu bois, bayrogʻimizga nazar solganimizda biz ruhan joʻshqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda gʻurur va buyuk istiqbolga ishonch tuygʻusini his etamiz. Oʻzida juda katta maʼno-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, oʻzida butun Oʻzbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni, ajdodlar yodi hamda millat gʻururini mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.
Maʼrifiy tadbirda Agentlik Bosh direktori maslahatchisi N.Mamadaliyeva ishtirok etdi.