Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini oʻrganish, korxonalardagi mavjud quvvatlarini oshirish, yangi imkoniyatlarni ishga tushirish orqali ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, mahalliy sanoat, shu jumladan eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyat filiallari xodimlari Buxoro shahridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarida oʻrganishlar olib bordilar.
Oʻrganishlar davomida korxonalarga sohaga taʼluqli masalalar yuzasidan maʼlumotlar berilib, sertifikatlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishlari boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilishi, va hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.