Rossiyaning EVRO tbm tashkilotining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida EVRO tbm temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Xalqaro doirada tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Belgiya, Fransiya va Dubaydan biznes investorlar va tuman mutasaddilar hamda quruvchi va tadbirkorlar shuningdek, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir doirasida Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Samarqand filiali sifat menejmenti tizimlari sertifikatlashtirish organi tomonidan EVRO tbm korxonasiga ISO 9001:2015 sifat menejment tizimi sertifikati topshirilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.