Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi tashabbusi bilan "Aniq oʻlchashlar – sifat va xavfsizlik kafolati" muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiyadan oʻtish jarayoni” mavzusida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.
Tadbir jarayonida jurnalistlar agentlik huzuridagi “UzTest” markazi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tarkibidagi bir qator laboratoriyalarning faoliyati tanishdilar.
Shuningdek, Akkreditatsiya markazi mutaxassislari mahsulotlar sifatini taʼminlashda muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiyadan oʻtganliklari ishonch uygʻotishini taʼkidlab oʻtdilar. Zotan, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning sertifikatini olgan mahsulotlar xorij bozorlariga texnik toʻsiqlarsiz kirib borish imkoniyatiga ega.
Press-tur davomida bir qator mahsulotlar sifatining xalqaro standartlar talablariga koʻra sinovdan oʻtishi jarayonlari namoyish qilindi.