Joriy yilning 20-22-oktyabr kunlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Boshqarma boshligʻi A.Asqarov Bishkekda Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, va qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi organik dehqonchilik boshqarmasi, Koreyaning Qirgʻiziston Respublikasidagi “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligi, shuningdek, yuridik shaxslar uyushmasi “Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi” koʻmagida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi doirasidagi forumda ishtirok etdi.
Mazkur forumda texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼuli tomonidan Yevropa bozoriga Organik mahsulotlar eksportini yanada kengaytirish, ishlab chiqaruvchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, Oʻzbekistonda hukumat tomonidan huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi hamda imtiyozlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga tushuncha berildi.
Forumda Oʻzbekistonda Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish boʻyicha tajriba almashildi.