150 nafardan ziyod ilm-fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyondalaridan iborat guruh vakillari Toshkent shahridan Namangan viloyatiga yetib kelishdi. Agentlikning Namangan hududiy filiali maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha masʼullari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar.
Tadbir Namangan Davlat Universitetidan boshlandi u yerda “Kitob karvoni” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada taniqli yozuvchilarning kitoblari bilan yaqindan tanishildi, soʻngra talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Universitetdan soʻng davlatobod tumanidagi 64-sonli maktabda mahalla aholisi va oʻquvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi, soʻngra toʻraqoʻrgʻon tumani madaniyat saroyida madaniy tadbir oʻz nihoyasiga yetdi.